
TUMANDA JINOYATCHILIKNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILADI
TUMANDA JINOYATCHILIKNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI O‘RGANILADI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 28-oktabrdagi DKQ 03-02/186-26-son qarori qabul qilindi.
📄 Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qarori ijrosining tumandagi holatini kompleks o‘rganish belgilandi. Mazkur qaror jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibini belgilaydi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
💎 565-son qaror talablarining tumanda bajarilish holati;
💎 Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralari;
💎 Mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi;
💎 Jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarining tashkil etilishi;
💎 Muhokamalar yakunida mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi va ijro intizomi.
👥 Qaror bilan mazkur yo‘nalishda o‘rganish ishlarini olib borish uchun ishchi guruh tuzish, tasdiqlangan savolnoma asosida faoliyat yuritish hamda o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlab, doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish vazifalari belgilandi.
✅ O‘rganish natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
📌 Qaror ijrosini nazorat qilish doimiy komissiya raisi Nodir Dusmurodov zimmasida qoldirildi.