Barcha yangiliklar
FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 279021
Gallery image 279022
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:23

FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI

FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan PF-185-son Farmoni ijrosi yuzasidan aholi o‘rtasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida fuqarolarning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakatlanish tartibi, xavfsizlik qoidalariga rioya etish, ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish hamda aholini muhofaza qilish borasidagi xabardorligi masalalariga e’tibor qaratildi.

👍 Shuningdek, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga tayyor turish muhimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan maqsad — aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va fuqarolarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlashdan iborat.