


BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI SAVDOSI HAMDA XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI SAVDOSI HAMDA XAVFSIZLIGI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish va baliq mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga qaratilgan qarori hamda Vazirlar Mahkamasining baliq va baliq mahsulotlari xavfsizligiga oid umumiy texnik reglamenti talablari ijrosiga e’tibor qaratildi.
🐟 Jumladan, savdo nuqtalarida baliq va baliq mahsulotlarining sotilishi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligi, saqlash sharoitlari hamda belgilangan talablarga rioya etilishi holati o‘rganildi.
🤩 O‘rganishdan maqsad — aholiga sifatli va xavfsiz baliq mahsulotlari yetkazilishini ta’minlash, savdo jarayonida amaldagi talablar bajarilishini nazorat qilish hamda baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.