


3-BAND IJROSI: 82- VA 105-MAKTABLARDA SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
3-BAND IJROSI: 82- VA 105-MAKTABLARDA SPORT INFRASTRUKTURASI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 82- va 105-umumta’lim maktablarida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktablardagi sport zallari va sport maydonchalarining holati, moddiy-texnik ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
⚽️ Shuningdek, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish, o‘quvchilarni ommaviy sportga jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganishdan maqsad — maktablarda sport infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan ishlarni takomillashtirishdan iborat.