
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI: KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat M. Pardayev ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazdi.
🔒 Tadbirlar davomida o‘quvchilarga kiberxavfsizlik qoidalari, internet orqali sodir etiladigan firibgarliklarning oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda raqamli xavfsizlikka rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✅ Shuningdek, APK ilovasini o‘rnatish tartibi va uning afzalliklari haqida ma’lumot berilib, undan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarurligi tushuntirildi.
🙏 Mazkur hamkorlikdan maqsad — yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish, internet makonidagi xavf-xatarlardan ogoh etish va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashishdan iborat.