Barcha yangiliklar
JINOYATLARNING SABABLARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORALARI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:19

JINOYATLARNING SABABLARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORALARI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

 JINOYATLARNING SABABLARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORALARI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari S. Hamrayevga rasmiy xat yuborildi.

📄 Mazkur so‘rov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qarori ijrosi yuzasidan ma’lumot olish maqsadida yuborildi.

🔎 Rasmiy xatda tumanda jinoyatlarning oldini olish, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan muhokamalar va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

⚖️ Ushbu tashabbus jinoyatchilik profilaktikasi samaradorligini o‘rganish, mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda hududda xavfsiz muhitni mustahkamlashga qaratilgan.

✍️ Doimiy komissiya raisi: N. Dusmurodov