
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: MAKTABLARDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: MAKTABLARDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat N. Dusmurodov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda maktablarda tashkil etilgan profilaktik tadbirlarda ishtirok etdi.
🔎 Tadbirlar davomida o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda yoshlarni turli salbiy holatlardan himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
🙏 Doimiy komissiya va tuman prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlikdan maqsad — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni mustahkamlash va qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.