Barcha yangiliklar
5-BAND IJROSI: NOVCHANDIR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 279003
Gallery image 279004
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:14

5-BAND IJROSI: NOVCHANDIR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

5-BAND IJROSI: NOVCHANDIR MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Novchandir mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida MFY ijtimoiy xodimining faoliyati, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

🙏 Mazkur o‘rganishdan maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.