


5-BAND IJROSI: ELBEK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
5-BAND IJROSI: ELBEK MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Elbek mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
🌐 O‘rganish davomida MFY ijtimoiy xodimining faoliyati, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
🙏 Mazkur o‘rganishdan maqsad — ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.