Barcha yangiliklar
BOJXONA VA AVTOMOBIL YÖLLARI TIZIMIDA MUROJAATLAR BILAN IŞLAŞ HOLATI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 278986
Gallery image 278987
Gallery image 278988
Gallery image 278989
Gallery image 278990
Gallery image 278991
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
29 Okt 2026
19:10

BOJXONA VA AVTOMOBIL YÖLLARI TIZIMIDA MUROJAATLAR BILAN IŞLAŞ HOLATI MUHOKAMA QILINDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ BOJXONA VA AVTOMOBIL YÖLLARI TIZIMIDA MUROJAATLAR BILAN IŞLAŞ HOLATI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi majlisida Avtomobil yöllari qömitasi hamda Bojxona qömitasi tizimida 2025-yil va 2026-yilning 9 oyi davomida fuqarolar murojaatlari bilan işlaş holati atrofliça örganildi. Majlisda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a’zosi, Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi raisi Rustamxon Kalanov ham iştirok etdi.

🔺 Muhokamada Avtomobil yöllari qömitasi tizimida 1393 qisqa raqamli koll-markaz, “Şaffof yöl” platformasi va elektron axborot tizimlari faoliyati yölga qöyilgani qayd etildi. Rahbariyat tomonidan ötkazilgan 7 ta sayyor qabulda 512 nafar fuqaro iştirok etib, 130 ta murojaatning 107 tasi joyida ijobiy hal etilgan.

📋 Joriy yilning 9 oyida sohaga kelib tuşgan murojaatlar 20 foizga kamayib, ularni qanoatlantiriş körsatkiçi 94,8 foizga yetgan. Şu bilan birga, yöllarni quriş va ta’mirlaş, içki yöllarni asfaltlaş hamda yöl belgilarini örnatiş böyiça 1 028 ta takroriy va 388 ta jamoaviy murojaat qayd etilgani tanqidiy muhokama qilindi.

📉 Bojxona qömitasi tizimida esa “Onlayn maslahatçi”, Call-markaz va raqamlaştirilgan xizmatlar orqali murojaatlarni tezkor körib çiqiş imkoniyatlari kengaytirilgan. Hisobot davrida kelib tuşgan 2 647 ta murojaatning 1 879 tasi ijobiy hal etilib, 737 tasi böyiça huquqiy tuşuntirişlar berilgan.

♻️ Biroq bojxona nazorati va rasmiylaştiruvi, bojxona tölovlaridan imtiyoz oliş hamda kadrlar masalalariga oid murojaatlar muntazam takrorlanayotgani körsatib ötildi.

🗣 Majlisda murojaatlarni şunçaki röyxatga oliş bilan çeklanmasdan, ularni keltirib çiqarayotgan sabablarni joyida örganiş, takroriy murojaatlarning oldini oliş, ijro muddatlariga qat’iy rioya etiş va mas’ul rahbarlarning şaxsiy javobgarligini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

📁 Muhokamalar yakunida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari kötarayotgan muammolarni öz vaqtida va töliq hal etiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş hamda parlament nazoratini kuçaytirişga qaratilgan Qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash