



Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.
🇺🇿 Yig‘ilishga viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov raislik qildi.
➡️ Muhokamalar davomida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlar faoliyatini belgilangan tartib va talablar asosida to‘g‘ri tashkil etish, ularning saylovchilar bilan ishlash samaradorligini yanada kuchaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
⁉️ Yig‘ilishda shahar va tuman Kengashlari faoliyatining natijadorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yuksaltirish hamda belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
⚡️Yig‘ilish yakunida barcha shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlariga faoliyat samaradorligini oshirish, hujjatlar bilan ishlash madaniyatini takomillashtirish hamda deputatlar faoliyatini har tomonlama tashkiliy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.