Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:07

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLARDA KO‘TARILGAN MUAMMOLAR MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishida deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ko‘tarilgan muammoli masalalar hamda ularning hal etilishi holati muhokama qilindi.

✏️ Yig‘ilishda doimiy komissiya raisi Nazim Aliyev tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

🔎 Ta’kidlanganidek, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida 48 dan ortiq muammoli murojaat bildirilgan. Ularning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa-da, qolgan masalalarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

🙏 Muhokama davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, muammolarni tizimli o‘rganish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda deputatlar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📑 Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:
💎 Saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar ro‘yxati tasdiqlandi.

💎 Tuman hokimligiga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish tavsiya etildi.

💎 Deputatlarga saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifasi belgilandi.

💎 Masala bo‘yicha doimiy komissiya xulosasini navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish belgilandi.
🎯 Maqsad — saylovchilar murojaatlarining samarali hal etilishini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va deputatlik nazorati samaradorligini oshirish.