Barcha yangiliklar
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISH SAVOLLARI ISHLAB CHIQILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
19:04

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISH SAVOLLARI ISHLAB CHIQILDI

 JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISH SAVOLLARI ISHLAB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida deputatlar uchun tegishli savollar ishlab chiqildi.

✏️ O‘rganish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
💎 Mahallalarda jinoyatchilikning holati, uning kelib chiqish sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar;
💎 Jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
💎 Mahalla raislari, profilaktika inspektorlari hamda mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi;
💎 Jinoyatlarning sabablarini bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan muhokamalar va belgilangan chora-tadbirlar ijrosi;
💎 Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mavjud muammolar.

⚖️ O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.

🎯 Maqsad — qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mahallalarda osoyishta muhitni qaror toptirish.