
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qarori ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
✏️ Ishchi guruh tomonidan tumanda jinoyatlarning sabablarini va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini tahlil qilish rejalashtirilgan.
🔎 O‘rganish davomida:
💎 Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar;
💎 Profilaktika inspektorlari va mahalla mas’ullarining faoliyati;
💎 Jinoyatlarning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi;
💎 Mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi va mavjud muammolar tahlil qilinadi.
⚖️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
🎯 Maqsad — jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️