
JINOYATCHILIKNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
JINOYATCHILIKNING SABABLARI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✏️ Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentabrdagi 565-son qarori ijrosi, xususan, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
🔎 Muhokama davomida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️ Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning sabablarini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash muhimligi ta’kidlandi.
👤 Yig‘ilishga Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nodir Dusmurodov raislik qildi.
🎯 Maqsad — jinoyatchilikning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash va fuqarolarning tinch hamda xavfsiz hayotini ta’minlash.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️