
DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
DEPUTATNING KUNLIK ISH REJASI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 8-Toz saylov okrugi deputati Pardayev Mehriddin Xaitovich tomonidan bugungi kun uchun belgilangan ish rejasiga muvofiq, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish va aholi muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladi.
📋 Kun tartibidagi asosiy vazifalar:
💎 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi ta'lim muaşasalarida sport zallarining holati, bolalar maydonchalalri, sport inshötlari, aholini sport bilan shug'ullanishifaoliyatini o‘rganish;
💎 Ishchi guruh bilan birgalikda xonadonlarga kirib, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni tahlil qilish;
💎 Doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etish;
💎 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borish;
💎 Navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida hududdagi ichimlik suvi ta’minoti, soliq to‘lovlari hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi holatni o‘rganish;
💎 Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovlarini yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish.
✅ Asosiy maqsad — saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish.
Xalq uchun, xalq bilan!