
“YASHIL DASTUR” CHORA-TADBIRLARI REJASI TASDIQLANDI
“YASHIL DASTUR” CHORA-TADBIRLARI REJASI TASDIQLANDI
🌱 Kuzgi ko‘kalamzorlashtirish ishlari va yashil hududlarni kengaytirish — deputatlar nazoratida!
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 27-oktabrdagi yig‘ilishida tumanning 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dastur” chora-tadbirlari rejasi muhokama qilindi.
🌐 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash, tumanda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va ekologik muhitni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌳 Muhokama davomida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
🤩 Manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish;
🤩 Ekilgan ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish, saqlash va parvarishlash;
🤩 Mikroo‘rmonlar, soyali sayr ko‘chalari, jamoatchilik bog‘lari va “Yashil bog‘”larni tashkil etish;
🤩 Kompostlash va mulchalash nuqtalarini yaratish;
🤩 Aholi, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillarini ko‘kalamzorlashtirish ishlariga keng jalb qilish;
✅ Yashil hududlarni muhofaza qilish va aholining ekologik madaniyatini oshirish.
📌 Doimiy komissiya qarori bilan “Yashil dastur” chora-tadbirlari rejasi tasdiqlanib, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.
✅ Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi, ekilgan ko‘chatlarning saqlanishi va yashil hududlarning kengaytirilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish tavsiya etildi.
🌿 Maqsad — yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun sog‘lom atrof-muhit yaratish.