






HUDUDDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, S.Jumamuratova va Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar 5-sonli Oybek saylov okrugida mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilma holati, yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.