
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANISH NAZORATGA OLINDI
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANISH NAZORATGA OLINDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va sifatli ovqatlantirishni tashkil etish masalasi yuzasidan rasmiy xat yuborildi.
📑 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N. Saparovaga tegishli rasmiy xat kiritildi.
🔎 Rasmiy xatda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish so‘raldi:
💎 Tarbiyalanuvchilarni tasdiqlangan yagona mavsumiy taomnoma asosida ovqatlantirish;
💎 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish;
💎 Autsorsing asosida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati va shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish;
💎 Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ovqatlantirish jarayonini muntazam kuzatib borish;
💎 Oziq-ovqat mahsulotlari sarfi va xarajatlari hisobini to‘g‘ri yuritish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish.
🗓 Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ta’lim muassasalari kesimida aniq raqamlar va tasdiqlovchi ma’lumotlarni 2026-yil 5-noyabrga qadar tuman Kengashiga taqdim etish so‘raldi.
✅ Deputatlik nazorati — bolalar salomatligi, xavfsizligi va sifatli ovqatlanishini ta’minlashga qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biridir.