Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Haftalik_ish_reja_ijrosi Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 278931
Gallery image 278932
Gallery image 278933
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
27 Okt 2026
18:45

#24_ta_masala #Haftalik_ish_reja_ijrosi Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Y.Axmedov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar tomonidan 3-Do'stlik saylov okrugigi 58-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilot binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.