Barcha yangiliklar
"Madad" NNT bilan maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 278928
Gallery image 278929
Gallery image 278930
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
27 Okt 2026
18:44

"Madad" NNT bilan maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Madad” NNT vakili D.Pirmanov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Axmedov va Kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar ishtirokida hamkorlikni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish masalalariga bag‘ishlangan maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularga malakali huquqiy yordam ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan ishlashda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar va MADAD o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, joylarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.