Barcha yangiliklar







DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
27 Okt 2026
18:44
PF–193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan shtab faoliyati o‘rganildi
“Adolat” SDPdan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-Kotibiyat mudiri M.Urazbayev mazkur Farmon ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan tuman shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, tumanimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar doimiy nazoratga olingan.
Tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, aholi bandligini ta’minlash va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.