



Deputatlar Yangi O‘zbekiston massivida rejalashtirilgan ko'p qavatli qurilish ishlari bilan tanishdi
O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Y.Axmedov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar Yangi O‘zbekiston massivida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uylar holatini o‘rganish maqsadida hududda bo‘lib, amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida hududda ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan bog‘liq masalalar, rejalashtirilgan qurilish ishlari hamda ularning mahalla infratuzilmasiga ta’sirini o‘rganishga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududni rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, qurilish jarayonida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etilishi kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.