Barcha yangiliklar







DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
28 Okt 2026
18:36
#Sessiyada mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 26-sessiyasida "joriy yil 9 oyligi davomida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida"gi masala muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq, mas’ul tashkilot vakilining mahalliy budjetning 2026-yil 9 oylik ijrosi yuzasidan hisoboti tinglandi. Unda budjet daromadlari tushumlari, mablag‘larning belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Muhokama yakunida mahalliy budjet ijrosini ta’minlash, budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.