Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Haftalik_ish_reja_ijrosi Ijtimoiy xodim faoliyati o'rganildi
Gallery image 278902
Gallery image 278903
Gallery image 278904
Gallery image 278905
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:33

#24_ta_masala #Haftalik_ish_reja_ijrosi Ijtimoiy xodim faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Kazakov hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar 2-Boyovul saylov okrugi "Boyovul" mahallasida faoliyat yuritayotgan "mahalla yettiligi" xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar davomida mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar berildi.