



#162_ta_qonun QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Axmedov hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonov va Ekologik partiyasi rahbari M.Sadullayevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq qabulxonasida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarga yechim topish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.