Barcha yangiliklar
#24_ta_masala Mahalladagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 278892
Gallery image 278893
Gallery image 278894
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:30

#24_ta_masala Mahalladagi muammolar o‘rganildi

Hududda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda ularning yechimini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov hamda Kotibiyat mudiri M.Urazbayevlar 2-Boyovul saylov okrugi "Boyovul" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish tizimi, xonadonlarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.