Barcha yangiliklar
O‘QUVCHILAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 278887
Gallery image 278888
Gallery image 278889
Gallery image 278890
Gallery image 278891
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:28

O‘QUVCHILAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, munosib sharoitlarda yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish — ta’lim sohasidagi muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Yangiobod tuman texnikumi o‘quvchilari turar joyidagi mavjud sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilar turar joyida yaratilgan sharoitlar, yashash xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda yoshlarning xavfsiz va qulay muhitda istiqomat qilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Asosiy maqsad — yoshlar uchun munosib yashash muhitini yaratish, ularning ta’lim olishi va kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda bu boradagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish.