Barcha yangiliklar
868-sonli Qonunning targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi
Gallery image 278883
Gallery image 278884
Gallery image 278885
Gallery image 278886
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:28

868-sonli Qonunning targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi

Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan “Osoyishta sarhad — barchamizniki” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Yuldashev, DXX Chegara qo‘shinlari mas’ullari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz davlat chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi 868-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, uning asosiy qoidalari, davlat chegarasini muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlar xususida tushunchalar berildi. Chegara xavfsizligini ta’minlashda hushyorlik, mas’uliyat va fuqarolik burchiga sadoqat bilan yondashishning muhimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish nafaqat tegishli idoralar, balki har bir fuqaroning daxldorlik hissi, vatanparvarligi va fuqarolik mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liqligi qayd etildi. Ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Bunday targ‘ibot-tashviqot tadbirlari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat chegarasi daxlsizligini ta’minlash borasidagi tushunchalarini kengaytirish hamda fuqarolarda yurt tinchligi va xavfsizligiga daxldorlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.