Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Gallery image 278871
Gallery image 278872
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:26

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

“Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Humayun ko‘chasi va Islomobod ko‘chasi kesishmasiga svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Jumamuratova tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘roviga tegishli tashkilot tomonidan rasmiy javob berilib, unda ko‘tarilgan masalalarni 2027-yilga mo'ljallangan yo'l xaritasiga kiritish yuzasidan tegishli tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi IIB JXX YHXBga murojaat qilinganligini ma’lum qilindi.

Deputatlik so‘rovlari orqali aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.