Barcha yangiliklar
SOVOT OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKТIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 278867
Gallery image 278868
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:18

SOVOT OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKТIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash va tibbiyot muassasalarida zarur sharoitlarni yaratish — muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida isitish tizimlari, yoqilg‘i zaxirasi va elektr ta’minotining barqarorligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sovot oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlanganligi, qozoxonaning mavsumga tayyorligi, isitish tizimining holati hamda elektr ta’minotining barqarorligiga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

Tibbiyot muassasasida issiqlik va elektr ta’minotining uzluksizligi bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, tibbiy xizmatlarni belgilangan tartibda davom ettirishda muhim o‘rin tutadi.

Sovuq kunlar boshlanishidan oldin isitish uskunalarining sozligini tekshirish, yoqilg‘i zaxirasini nazorat qilish, elektr ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlarning oldini olish va xavfsizlik talablariga rioya etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Maqsad — Sovot oilaviy shifokorlik punktining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini mustahkamlash, isitish va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda aholiga uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni qo‘llab-quvvatlash