




YOŞLAR PARLAMENTI VA SIYOSIY FAOLLIK KUNI: DEPUTATLAR IŞTIROKIDA “BIR KUNLIK RAHBAR” LOYIHASI TAŞKIL ETILDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ YOŞLAR PARLAMENTI VA SIYOSIY FAOLLIK KUNI: DEPUTATLAR IŞTIROKIDA “BIR KUNLIK RAHBAR” LOYIHASI TAŞKIL ETILDI
🏛 “Yoşlar kuni” doirasida yoşlarni davlat va jamiyat boşqaruvi jarayonlariga keng jalb etiş, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, fuqarolik faolligini kuçaytiriş hamda yetakçilik könikmalarini rivojlantiriş maqsadida “Bir kunlik rahbar” mavzusida axborot-ma’rifiy uçraşuv va amaliy maşğulot taşkil etildi.
🔺 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputatlari Husniddin Ergaşev va Toşpölat Matibayev, şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi Şavkat Abduğafforov iştirok etdi.
🤝 Deputat Husniddin Ergaşev taşabbusi va bevosita iştirokida taşkil etilgan uçraşuv yoşlarning davlat boşqaruvi, deputatlik faoliyati hamda jamiyat hayotidagi muhim qarorlarni qabul qiliş jarayonlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirişga qaratildi.
📋 Tadbir davomida deputatlar tomonidan mahalliy Kengaşlarning vakolatlari, deputatlarning aholi murojaatlari bilan işlaş faoliyati, hududlardagi dolzarb muammolarni örganiş hamda ularning yeçimi yuzasidan takliflar işlab çiqiş tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
🎙 Deputatlar Husniddin Ergaşev va Toşpölat Matibayev yoşlarning jamiyat hayotida faol iştirok etişi, mustaqil fikrlaşi, taşabbuskor bölişi hamda davlat va jamoatçilik manfaatlariga daxldor masalalarga mas’uliyat bilan yondaşişi muhimligini ta’kidladilar.
📉 “Bir kunlik rahbar” loyihasining amaliy qismida iştirokçilar rahbarlar boşçiligida turli muammoli vaziyatlar — keyslarni tahlil qildilar. Yoşlar muammolarning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş, ularni hal etiş böyiça maqbul takliflar işlab çiqiş hamda qabul qilinadigan qarorlarning natijalarini baholaş yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar.
🔎 Mazkur maşğulotlar orqali iştirokçilar boşqaruv qarorlarini tayyorlaş, muammolarga tizimli yondaşiş, jamoatçilik manfaatlarini hisobga oliş va mas’uliyatli qaror qabul qiliş jarayonlari bilan yaqindan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar.
💬 Uçraşuv davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatlarga murojaat qilib, deputatlik faoliyati, siyosiy jarayonlarda iştirok etiş, yetakçilik mas’uliyati va fuqarolik taşabbuslarini ilgari suriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
📚 Şuningdek, yoşlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oşiriş, ularni mahalliy Kengaşlar faoliyati bilan yaqindan taniştiriş, muammolarni tahlil qiliş va asoslangan takliflar işlab çiqişga örgatiş kelajakda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega yoşlarni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
💡 Mazkur taşabbus mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatining ustuvor yönalişlari, xususan, yoşlar bilan işlaş, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, aholi murojaatlari bilan işlaş tizimini takomillaştiriş hamda yoşlarni hududlardagi dolzarb masalalar yeçimiga jalb etiş vazifalari bilan bevosita boğliq.
⚖️ Deputatlar Husniddin Ergaşev va Toşpölat Matibayev iştirokida ötkazilgan mazkur uçraşuv yoşlar va xalq vakillari örtasida oçiq muloqotni mustahkamlaş, davlat boşqaruvi tizimi haqidagi bilimlarni boyitiş hamda yoşlarning rahbarlik salohiyatini rivojlantirişga xizmat qildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash