Barcha yangiliklar
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA YOSHLAR MUROJAATLARINI HAL ETISH - USTUVOR VAZIFA
Gallery image 278855
Gallery image 278856
Gallery image 278857
Gallery image 278858
Gallery image 278859
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:08

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA YOSHLAR MUROJAATLARINI HAL ETISH - USTUVOR VAZIFA

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA YOSHLAR MUROJAATLARINI HAL ETISH - USTUVOR VAZIFA
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tomonidan “Qo‘shchinor” ma’rifat maskanida o‘tkazilgan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi davomida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning murojaatlarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Muloqot davomida yoshlar tomonidan ishga joylashish, kredit rasmiylashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul mutasaddilar ishtirokida tegishli choralar belgilandi.
🟢 Xususan, avvalgi uchrashuvlarda ham murojaat qilgan, biroq masalalari hanuz yechimini kutayotgan yoshlarning murojaatlari qayta ko‘rib chiqildi. Ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarning faoliyati muhokama qilinib, har bir yosh bilan manzilli ishlash zarurligi ta’kidlandi.
✅ Uchrashuv davomida aniq amaliy natijalarga erishildi. Jumladan, Boyqozon mahallasida yashovchi bir nafar fuqaroning ishga joylashish bo‘yicha murojaati shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, u tumandagi “Kelajak” markaziga ishga joylashtirildi.
🟢 Shuningdek, maktablarda dars berish istagini bildirgan to‘rt nafar yoshning murojaati o‘rganildi. Hozirda ularni tumandagi 11-, 15-, 16- hamda 27-umumta’lim maktablariga ishga joylashtirish masalalari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
📊 Uchrashuv davomida jami qariyb 10 nafar yoshning murojaati ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.