



31-SESSIYADA AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH VA MUAMMOLARNI HAL ETISH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
31-SESSIYADA AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH VA MUAMMOLARNI HAL ETISH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Sessiya kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Mirislomov Mirshavkatning tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
📊 Axborotda fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
💬 Aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida fuqarolarni qiynayotgan masalalarning asl sabablarini aniqlash, har bir murojaatga alohida yondashish, ularning qonuniy va asosli yechimini topish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralarning natijadorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
💬 Shu bilan birga, murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, belgilangan vazifalarning ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish va fuqarolarga o‘z vaqtida asoslantirilgan javoblar berilishini ta’minlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 31-sessiyasida mazkur axborotning eshitilishi aholi murojaatlari bilan ishlash masalalarini Kengash darajasida muhokama qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratish hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan faoliyatning ahamiyatini namoyon etdi.
Aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimiga ko‘maklashish fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda xalq bilan muloqotni yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.