Barcha yangiliklar
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 278847
Gallery image 278848
Gallery image 278849
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:06

BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
🏥 Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning belgilangan tartibda bepul tibbiy yordam va dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, dori vositalarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi va ularning belgilangan tartibda tarqatilishi fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputati, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Parkent tumani Tibbiyot birlashmasida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
💬 O‘rganish davomida bepul dori vositalari bilan ta’minlash dorixonasi mudiri Erkin Toshev ishtirokida muassasada tashkil etilgan o‘quv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, bepul dori vositalari bilan ta’minlash tartibi, mazkur yo‘nalishda tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, belgilangan talablar asosida ish yuritish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan masalalarga e’tibor qaratildi.
💊 Shuningdek, aholining bepul dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, dori vositalarini belgilangan tartibda yetkazib berish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
💬 Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish, aholiga tushunarli va o‘z vaqtida ma’lumot berish, shuningdek, bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonida fuqarolar manfaatlarini ustuvor qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.