

XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 31-SESSIYASIDA TUMAN PROKURORINING AXBOROTI ESHITILDI
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 31-SESSIYASIDA TUMAN PROKURORINING AXBOROTI ESHITILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasida tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🟢 Sessiya kun tartibiga muvofiq, prokuratura organlarining 2026-yilning 9 oyi mobaynidagi faoliyati hamda jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti prokuror o’rinbosari F.Kamolov tomonidan berildi.
📊 Axborotda hisobot davrida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, qonunbuzilish holatlarining oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🟢 Shuningdek, hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
🟢 Tuman prokurorining axborotini sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish orqali deputatlar tomonidan hududda qonuniylikni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyat yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi o‘z vakolatlari doirasida hududdagi dolzarb masalalarni sessiyalarda muhokama qilish, mas’ul tashkilotlar axborotlarini tinglash hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarda deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda.