Barcha yangiliklar
HOKIM YORDAMCHISI TOMONIDAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
Gallery image 278840
Gallery image 278841
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Okt 2026
18:04

HOKIM YORDAMCHISI TOMONIDAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

HOKIM YORDAMCHISI TOMONIDAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan hududdagi “Qirg‘isovul” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi Yusupov Rustam Raximbayevich tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
📊 O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi natijalar qayd etildi:
✅ 37 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlangan, shundan 4 nafari kambag‘al oilalar vakillari;
✅ 18 ta mikroloyiha tashkil etilgan.
🟢 Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi hamda ular hisobidan yo‘lga qo‘yilgan loyihalarning amaliy natijalari nazorat-tahlil qilindi.
🟢 Jumladan, mahallada fuqaro tomonidan avtomobil shinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ustaxonasi tashkil etilgani joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha aholiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, bandlikni ta’minlash va barqaror daromad manbaini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
🟢 Deputatlik nazorati davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.