




MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI.
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🟢 Tadbir davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi Sayfiyev Abduxoliq Usmon o‘g‘lining faoliyati, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
📊 Yoshlar bandligi va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida natijalar:
✅ Joriy yil boshidan buyon 12 nafar yoshning bandligi ta’minlangan;
✅ 2 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilgan;
✅ 1 nafar yoshga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berilgan;
✅ 2 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 66 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 1 nafar yoshga to‘lov-kontraktini to‘lashda yordam ko‘rsatilgan;
✅ Maktab bitiruvchilaridan 54 nafardan 52 nafarining bandligi ta’minlangan.
🟢 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🟢 Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🗣 Tadbir yakunida yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash va bandligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.