



Aholi bilan uçraşuv ötkazildi.
Özbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Beş-tut” mahallasida istiqomat qiluvçi aholi bilan uçraşuv ötkazildi.
🔵Uçraşuv davomida tuman hokimi örinbosari J.Ortiqboyev tomonidan tumanda aholi turmuş tarzini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, olib borilayotgan islohotlar yuzasidan aholiga maʼlumotlar berildi. Şuningdek, deputat joriy yilning töqqiz oyida Kengaş va deputat tomonidan amalga oşirilgan işlar haqida axborot berdi.
🔵Tadbir davomida aholi tomonidan kundalik turmuş şaroitiga bevosita taʼsir körsatuvçi bir qator masalalar kötarildi. Jumladan, tabiiy gaz taʼminotidagi muammolar, maişiy çiqindilarni öz vaqtida olib çiqiş, elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş, şuningdek, ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq murojaatlar bildirildi.
🔵Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, kötarilgan masalalarning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ayniqsa, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş, aholiga qulay şaroit yaratiş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularni hal etişda masʼul taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş muhimligi taʼkidlandi.
🔵Uçraşuv yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tuman hokimligi masʼullariga tegişli tavsiyalar berildi. Fuqarolar tomonidan kötarilgan masalalarni belgilangan tartibda körib çiqiş, ularning yeçimi böyiça zarur çoralarni belgilaş hamda ijtimoiy kömakka muhtoj aholi vakillarining ehtiyojlarini örganişga eʼtibor qaratiş lozimligi qayd etildi.