Barcha yangiliklar
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 278816
Gallery image 278817
Gallery image 278818
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Okt 2026
17:49

MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatov bevosita, doimiy komissiyalar raislari esa Zoom platformasi orqali onlayn formatda ishtirok etdilar.

Seminarda mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish, deputat so‘rovlarining samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyotini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.