Barcha yangiliklar
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA
Gallery image 278811
Gallery image 278812
Gallery image 278813
Gallery image 278814
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Okt 2026
17:48

XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH E’TIBORDA

Marg‘ilon shahridagi 17-Navro‘z saylov okrugiga qarashli Yangiobod mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan deputatlik o‘rganishi olib borildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova, Yangiobod mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi ishtirok etdilar. Dastlab, hokim yordamchisining faoliyati, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida yakka tartibdagi tadbirkor Abdullayeva Barchinoyga tegishli tikuvchilik sexi faoliyati ham atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, ishlab chiqarish jarayoni, xotin-qizlar bandligini ta’minlash imkoniyatlari hamda tadbirkorning faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida Abdullayeva Barchinoy o‘z mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish, xalqaro tadbirlarda ishtirok etish hamda tashqi bozorlarga chiqish borasida amaliy ko‘mak zarurligini bildirdi.

Shuningdek, hududda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish va tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish tadbirkorlarning murojaatlarini joyida eshitish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish orqali mahallada ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xotin-qizlar bandligini kengaytirish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.