Barcha yangiliklar
Fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi
Gallery image 278809
Gallery image 278810
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
29 Okt 2026
17:47

Fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “Sari-Qangli” mahallasida istiqomat quluvchi fuqaroning murojaati tuman hokimligining mas’ul rahbari ishtirokida o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida fuqaroning yashash sharoiti, oilaviy ahvoli va ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyoji bilan tanishildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalani har tomonlama ko‘rib chiqish, fuqaroning holatini inobatga olgan holda mavjud ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Fuqaroga ijtimoiy reyestrga kiritish tartibi, buning uchun belgilangan talablar hamda reestrga kiritish orqali moddiy yordam olish imkoniyatlari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, murojaatni ko‘rib chiqish va ijtimoiy yordam masalasini hal etishda belgilangan tartib-taomillarga rioya qilish zarurligi qayd etildi. O‘rganish yakunida fuqaroning murojaati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.