Barcha yangiliklar
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA KREDIT AJRATISH MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 278805
Gallery image 278806
Gallery image 278807
Gallery image 278808
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
29 Okt 2026
17:47

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA KREDIT AJRATISH MASALALARI O‘RGANILDI

Marg‘ilon shahridagi 17-Navro‘z saylov okrugiga qarashli Yangiobod mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalari ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan deputatlik o‘rganishi olib borildi.

Oʻrganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, Yangi obod mahalla raisi va hokim yordamchisi ishtirok etdilar.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Jarayonda Prezidentning aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirishga qaratilgan PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla darajasida bajarilishi, xususan, hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish istagidagi fuqarolarga kredit ajratish jarayonida ayrim qiyinchiliklar mavjudligi, xususan, kredit mablag‘lari uchun ajratilgan limitning yetishmasligi masalasi qayd etildi.

Mazkur holat tadbirkorlik tashabbuslarini o‘z vaqtida moliyalashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, kredit ajratish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratish muhimdir.

Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — belgilangan vazifalar ijrosini joyida tahlil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.