





JO‘RA OLOMON MOZORI O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat E.Tursunqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Z.M. Bobur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi M.Turg‘unboyeva ko‘chasida joylashgan Jo‘ra Olomon mozorida olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi 269-II-son Qonuni ijrosi doirasida yetti asrlik tarixga ega ushbu maskanning saqlanish holatiga e’tibor qaratildi.
Qadimiy qadamjolar xalqimizning boy tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etadi. Shu bois bunday maskanlarni asrab-avaylash, ularning tarixiy ahamiyatini saqlab qolish hamda kelajak avlodlarga bezavol yetkazish muhim vazifalardan biridir.
Deputatlik o‘rganishlari orqali madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.