Barcha yangiliklar
Deputat axboroti tinglandi
Gallery image 278787
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
29 Okt 2026
17:40

Deputat axboroti tinglandi

Özbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Yangiqörğon” mahallasida saylovçilar bilan uçraşuv ötkazildi.

🔵Uçraşuvda deputat tomonidan tumanda olib borilayotgan islohotlar, Davlat dasturlari ijrosi holati, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda deputatlarning örni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Şuningdek, ötgan davr mobaynida aholining muammolarini hal etiş böyiça körgan çoralari va kelgusiga rejalaştirilgan işlari haqida axborot berildi.

🔵Ötkazilgan uçraşuv davomida aholi tomonidan bildirilgan muammolarga tuman hokimligi mas'ul xodimi A/Rustamov batafsil tuşuntirişlar berdi. Qöşimça muddat talab etiladigan ayrim masalalar yozib olinib, masʼullar iştirokida körib çiqilişi belgilandi.

Deputat öz faoliyati davomida aholi murojaatlarini tinglaş, ularda kötarilgan masalalarni masʼullar eʼtiboriga yetkaziş hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan işlarni izçil davom ettirişini taʼkidladi.