

Mahallaga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati örganildi
Xalq deputatlari tuman Kengaşining 2026-yilga möljallangan iş rejasiga muvofiq Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abdixayomova tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori faoliyati örganildi.
🔻Örganiş davomida fuqarolar, ayniqsa, yoşlarning mehnat faoliyatini legallaştiriş, ularning rasmiy işga joylaşişini taʼminlaş hamda mehnat munosabatlarini qonunçilik talablari asosida rasmiylaştiriş masalalari körib çiqildi.
🔻Taʼkidlanganidek, fuqarolarning rasmiy mehnat faoliyati bilan şuğullanişi ularning mehnat staji şakllanişi, kelgusida pensiya taʼminoti va qonunçilikda belgilangan ijtimoiy kafolatlardan foydalanişi uçun muhim ahamiyatga ega. Şu bois, ayniqsa, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoşlar örtasida rasmiy bandlikning afzalliklarini tuşuntiriş va ularni qonuniy mehnat munosabatlariga jalb etiş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
🔻Şuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va iş beruvçilar bilan işlaş, amalda mehnat qilayotgan fuqarolarning mehnat munosabatlarini belgilangan tartibda rasmiylaştiriş hamda norasmiy bandlik holatlarini kamaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🔻Örganiş yakunida mahallaga biriktirilgan soliq inspektoriga fuqarolar, xususan, yoşlar bandligini taʼminlaş va ularning mehnatini legallaştiriş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş, iş beruvçilar bilan tuşuntiriş işlarini olib boriş, mehnat munosabatlarini rasmiylaştiriş böyiça mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.