








Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar yaxshilanmoqda – deputatlik nazorati
Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi sharoitlar yaxshilanmoqda – deputatlik nazorati
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva “Qalmoq” mahallasida joylashgan Ayollar ijtimoiy yotoqxonasidagi yashash sharoitlarini yaxshilash masalasiga e’tibor qaratdi.
➡️Deputat tomonidan yotoqxona binolarining holatini yaxshilash, yashovchilar uchun munosib sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U. Fayzullayev nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
➡️Mazkur deputat so‘rovi natijasida “Ayollar ijtimoiy yotoqxonasi” bino va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Bu esa yotoqxonada istiqomat qilayotgan ayollar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yo‘lidagi muhim amaliy qadamdir.
➡️Deputatlik so‘rovining ijobiy natijasi aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalarni hal etishda deputatlik nazoratining ahamiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.
👉Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va munosib turmush sharoitlarini ta’minlash yo‘lida!
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt