Barcha yangiliklar
🔰 Jadidlar jasorati – millatimiz faxri! 📖🖋
Gallery image 278750
Gallery image 278751
Gallery image 278752
Gallery image 278748
Gallery image 278749
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Okt 2026
17:31

🔰 Jadidlar jasorati – millatimiz faxri! 📖🖋

🔰 Jadidlar jasorati – millatimiz faxri! 📖🖋

🇺🇿 Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G.Jabborova tavsiyasiga binoan Jondor tumani 9-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik faoliyati va ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga keng targ‘ib etish maqsadida “Jadidlar izidan” klubining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi.
🎓 “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulot davomida klub rahbari D.Sobirova hamda maktab maslahatchisi D.Radjabovalar o‘quvchilarga, klub a'zolariga jadidlarning xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni, ilm-fan, ta’lim va milliy uyg‘onish yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari haqida ma’lumotlar berildi.

🖋 Mashg‘ulot jarayonida jadid bobolarimizning millat kelajagi, yoshlar ta’limi va Vatan ravnaqi yo‘lida olib borgan faoliyati misollar asosida yoritildi. O‘quvchilar jadidlarning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan tanishib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

🌟 Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilarga jadidlar merosini chuqur o‘rganish, ularning ilm-ma’rifat va Vatanga sadoqat haqidagi g‘oyalarini hayotda davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt