Barcha yangiliklar
🌏Deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilinmoqda
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Okt 2026
17:29

🌏Deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilinmoqda

🌏Deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash samaradorligi muhokama qilinmoqda

🇺🇿Ayni paytda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlarini o‘rganish natijalari, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tegishli davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish holatlari muhokamasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya raislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Deputatlik so‘rovlarining ijrosi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy tartibda javob berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🇺🇿Shuningdek, davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish jarayonlarini samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirilmoqda.

🇺🇿Ta’kidlanganidek, deputatlik so‘rovlari va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish aholi manfaatlarini himoya qilish, hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

🇺🇿Yig‘ilish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt