Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
17:28
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Nurmamatova fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib, aholi bilan uchrashdi.
💡 O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasiga ulanish masalasi yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, elektr ta’minotini ulash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
🙏 Deputat murojaatda ko‘tarilgan masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va uning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashishga e’tibor qaratdi.
✅ Deputatlik nazorati — aholi murojaatlariga e’tibor va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish demakdir.